Buxoro yangiliklari

Kogon va Buxoro tumanlarida uzatilishi to‘xtatilgan gaz ta’minoti qachon tiklanishi ma’lum qilindi

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Kogon va Buxoro tumanlaridagi ba’zi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatildi, – deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.

Xususan, Kogon tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 6-fevral kuni kuni soat 17:30 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yildi:

  1. “Tutkunda” mahallasi.

Shuningdek, Buxoro tumanidagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 6-fevral kuni kuni soat 13:00 dan 17:30 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yildi:

  1. “Xumin” mahallasi;
  2. “Gulshanobod” mahallasi;
  3. “Dilobod–Zafarobod” mahallasi;
  4. “Rabotak” mahallasi;
  5. “Istiqbol” mahallasi;
  6. “Oybek” mahallasi;
  7. “Mustaqillik” mahallasi;
  8. “Navro‘z” mahallasi;
  9. “Do‘stlik” mahallasi;
  10. “Gala Osiyo” mahallasi;
  11. “Bog‘ikalon” mahallasi;
  12. “Qavola Mahmud” mahallasi;
  13. “Sahovat” mahallasi.

Bunga asosiy sabab, mazkur hududlarni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi yuqori bosimli quvurlardagi avariyali holatni bartaraf etish ishlari bajarilmoqda.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version