Jahon

Ukrainadagi mojaro uchinchi jahon urushiga aylanib ketishi mumkin (–mi?)

Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Ukrainadagi mojaro uchinchi jahon urushiga aylanib ketishi mumkinligini istisno qilmaslikka chaqirdi. Bu haqda u Ispaniyaning “El Mundo” gazetasiga bergan intervyusida aytdi.

“– Ukraina hududidagi jangovar harakatlar Rossiya uni ixtiyoriy yoki majburiy tarzda tark etgandan keyingina tugaydi”, – degan Mateush Moravetskiy.

Jurnalistning “majburiy tarzda” degan jumlasi uchinchi jahon urushini anglatadimi?”, – degan savoliga esa M. Moravetskiy ijobiy javob bergan.

“– Biz barcha ssenariylarni, shu jumladan, buni ham ko’rib chiqyapmiz”, – degan Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy.

Avvalroq fransiyalik siyosatchi Florian Filippo uchinchi jahon urushi NATO ning Ukrainaga qurol yetkazib berishi tufayli boshlanishi haqida aytgan edi. U fojiali ssenariyning oldini olish uchun alyans Amerika harbiy strategiyasidan voz kechishi kerakligini ta’kidlagan.

Eslatib o’tamiz, avvalroq AQSh harbiy-havo kuchlari generali Mayk Minihan harbiylarni Xitoy bilan urushga tayyorlanishga chaqirgani haqida xabar bergan edik.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version