Buxoro yangiliklari
Qorakoʻllik maktab oʻquvchisi xalqaro olimpiadada gʻolib boʻlib, Malayziyaga 10 kunlik bepul sayohatni qoʻlga kiritdi

Kuni kecha Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassalari agentligi tizimida faoliyat koʻrsatayotgan Qorakoʻl tumani Ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinf oʻquvchisi Jamilov Azimjon “National Spelling Bee” xalqaro olimpiadasida ishtirok etib, 1-oʻrinni qoʻlla kiritdi.
Unga shuningdek, olimpiadada gʻolib boʻlgani uchun Malayziya davlatiga 10 kunlik bepul yozgi taʼtil uchun yoʻllanma ham sovgʻa sifatida taqdim etildi.
Buxorolik oʻquvchimiz Jamilov Azimjonga kelgusi oʻqishlari va olimpiadalarda muvaffaqiyatlar tilab, uning ustozi Isayev Ahmadga esa cheksiz minnatdorlik bildiramiz.