Buxoro yangiliklari

“Buxoro” PFK rahbariyati 4 ta futbolchi bilan kelishuvni bekor qildi

Xabaringiz bor, “Buxoro” PFK ayni damda Turkiyada mavsum oldi o‘quv-yig‘ini olib borayotgan edi.

Klub jamoasining matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, rahbariyat joriy yilgi mavsum oldidan tarkibidagi futbolchilarning 4 tasi bilan shartnomani bekor qilgan.

Bular:

  1. Akobir Qayumov;
  2. Ruslan Koroyev;
  3. Abduxoliq Qurbonov;
  4. Siroj Meliyev.

“Buxoro” professional futbol klubi kelishuvni bekor qilgan sobiq jamoadoshlar bilan do‘stona xayrlashgani aytilmoqda. Biz ham o‘z navbatida futbolchilarning keyingi faoliyatlariga omadlar tilab qolamiz.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version