Texnologiyalar

Galaxy S23 smartfonlari rekord o‘rnatdi

2023-yilning fevral oyi ilk sanalarida Samsung o‘zining Galaxy S23 seriyasidagi smartfonlarini butun dunyo, xususan, Hindiston uchun ham taqdim qildi. Smartfonlar Amerikada bo‘lib o‘tgan taqdimotda o‘zgarmagan narxlarda chiqarilgan bo‘lsa ham, Hindiston uchun bu holat saqlab qolinmadi. Biroq, narxlar oshishiga qaramay smartfonlar mamlakatda yangi rekord o‘rnatishdi.

Samsung Hindiston bo‘limining katta vitse-prezidenti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya o‘zining yangi flagmanlari uchun 24 soat ichida 140 000 atrofida oldindan buyurtmalar qabul qilgan. Bu o‘tgan yilgi Galaxy S22 buyurtmalariga taqqoslaganda, deyarli 2 barobar ko‘p va bu mamlakatda premium qurilmalar uchun kuchli talab borligini anglatadi.

Galaxy S23 smartfonlarining Hindistondagi o‘rtacha narxi $1 200 ekanligini hisobga olsak, Samsung 1 kun ichida $169 000 0000 daromad qilgan.

Ta’kidlash joizki, Samsung yaqinda o‘zining Galaxy smartfonlarini Hindistonda ishlab chiqarishini ma’lum qilgan edi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version