Buxoro yangiliklari

Peshko‘da davlat muassasasi shifokori ayoldan abort evaziga $100 pora so‘ragan

Peshko‘ tumanidagi tibbiyot birlashmasi shifokori abort qilish uchun ayoldan $100 talab qilgan, – deb xabar bermoqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Buxoro IIB taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 20-yanvar kuni huquq-tartibot idoralari xodimlari gumon qilinuvchini u ishlab kelayotgan muassasada jablanuvchidan pulni olayotgan vaqtida hibsga olishgan.

Ayni damda esa mazkur holat yuzasidan O‘zbelsiton Republikasi Jinoyat Kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov harakatlari davom etmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version