Islom

Qur’onni o‘qib tugatgandan so‘ng, jonliq so‘yish kerakmi?

Savol: O‘zbekcha Qur’on kitobini o‘qigandan keyin ya’ni tugatib biron jonliq so‘yib, qon chiqarish kerakmi? Men shunday eshitdim, bu qanchalik to‘g‘ri?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Bu gap noto‘g‘ri. Qur’oni karimni o‘qib tugatish savobli amal. Har bir savobli amalni bajarilganida jonliq so‘yish shart bo‘lmaydi. Jonliq so‘yish — Qurbonlik qilish vojib bo‘lgan odamlarga va nazr qilgan kishilarga vojib ya’ni, qilishi shart bo‘lgan, qilmasa gunohkor bo‘ladigan amal, farzand ko‘rgan odamga esa mustahab ya’ni, qilsa savob, qilmasa gunoh bo‘lmaydigan amal hisoblanadi. Bundan boshqa o‘rinlarda jonliq so‘yish ixtiyoriy bo‘ladi.

Shunday ekan, dinimizda mashru’ bo‘lmagan amallarni dinga kiritmaslik kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version