Islom
Inson vafot etganidan so‘ng to Qiyomat kunida qabrdan tirilguncha qayerda bo‘ladi?

Savol: Assalomu alaykum “Barzax” hayoti nima? Shu haqda ma’lumot bersangiz?
Javob: “Barzax” so‘zi lug‘atda ikki narsaning orasi deganidir. Shariat istilohida esa inson vafot etganidan so‘ng to qiyomatda qabrdan tirilguncha bo‘lgan vaqtini “barzax” hayoti deyiladi.
Inson qabrga qo‘yilganidan so‘ng ikki farishta – Munkar va Nakir Alloh va Uning rasuli, dini haqida so‘rashi, shundan keyin qabrda rohat yoki azobning bo‘lishi haqdir (“Fiqhul Akbar”). Vallohu a’lam.