Buxoro yangiliklari
Peshkoʻlik maktab oʻquvchilari shaxmat musobaqasida gʻolib boʻlishdi

Kuni kecha poytaxtimiz Toshkent shahridagi Respublika yoshlar agentligida shaxmat bo‘yicha “Rakirovka” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada Peshko‘ tuman 1-son sport maktabining shaxmat trenerlari N. Hasanova hamda S. Baxtiyorovalarning yosh shaxmatchilari faol ishtirok etib, quyidagi natijalarga erishishdi:
8 yoshli qizlar o‘rtasida:
Hakimova Donoxon – 1-o‘rin;
8 yoshli yigitlar o‘rtasida:
Gʻaybullayev Sa’dullo – 1-o‘rin;
Abdushukurov Komron – 1-o‘rin;
12 yoshli yigitlar o‘rtasida:
Hakimov Shohrux – 1-o‘rin;
12 yoshli qizlar o‘rtasida:
Ne’matova Zilola – 1-o‘rin.
Shuningdek, musobaqa g‘oliblarini Prezidentning Yoshlar ishlari bo‘yicha davlat maslaxatchisi va Respublika yoshlar agentligi raisi Alisher Sa’dullayev tomonidan e’tirof etilgan “Eng zo‘r shaxmatchi” ko‘krak nishoni bilan taqdirladilar.