Jahon

Braziliyada bemorning qornidan qaychi topildi

Braziliyaning Mato Grosso shtatida yashovchi siyosatchi operatsiya shifokorlar uning qornida jarrohlik qaychisini qoldirishganidan keyin og‘riq sezmoqda. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

46 yoshli Kleyton Zenatta yaqinda qorin bo‘shlig‘ida operatsiyani boshdan kechirdi. Amaliyot davomida ichak o‘simtasi olib tashlandi. Erkak kasalxonadan chiqqanidan keyin qornida qattiq og‘riqlar paydo bo‘la boshlagan.

Zenatta yana tibbiy yordamga muhtojlik sezgan. Kompyuter tomografiyasi uning qornida begona jism — operatsiya vaqtida shifokor tomonidan unutilgan jarrohlik qaychisi borligini ko‘rsatgan. Sshunda siyosatchi ikkinchi operatsiya uchun zudlik bilan kasalxonaga yotqizildi.

Ayni damda shtatning sog‘liqni saqlash departamenti bemorning qornida jarrohlik asbobi nima sababdan qoldirilganini aniqlash uchun tibbiyot muassasasida tekshiruv o‘tkazmoqda.

Bemor esa shifoxona va operatsiyani amalga oshirgan jarrohni sudga berish yoki bermaslik haqida hali qaror qilgani yo‘q.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version