Buxoro yangiliklari

Buxoroda 13- va 14-fevral kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zgidromet prognozlarida keltirilishicha, 2023-yilning 13- va 14-fevral kunlari respublikaning ko‘plab viloyatlarida kunduz kuni havo harorati +10°C cha yuqorilaydi.

Xususan, 13-fevral kuni janubiy nam havo oqimi respublikaning markaziy (Buxoro, Navoiy va Samarqand) va janubiy (Surxondaryo va Qashqadaryo) viloyatlariga yomg‘ir olib kelishi mumkin.

14-fevral kuni mazkur nam havo oqimi respublika shimoli-sharqiga harakatlanib, Toshkent va vodiy viloyatlarida ham yog‘in berishi mumkin.

Shuni aytish o‘rinliki, ushbu havo oqimlari sovuq havo oqimi emas va havo haroratini pasayishiga olib kelmaydi.

Ma’lumot O‘zgidrometning »COSMO CA» milliy operativ prognostik modeliga asoslanib tayyorlandi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version