Buxoro yangiliklari
Bugun, 11-fevral kuni Buxoro shahridagi qaysi mahallalarda gaz taʼminoti toʻxtatiladi va u qachon tiklanadi?

Ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Buxoro shahridagi ba’zi mahallalarda tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi, – deya xabar bermoqda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali.
Xususan, Buxoro shahridagi quyidagi mahallalar iste’molchilari bugun, 11-fevral kuni kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta’minotidan uzib qo‘yiladi:
1. “Muhammad Narshaxiy” mahallasi;
2. “Saʼdiy Sheroziy” mahallasi;
3. “Dilkushu” mahallasi;
4. “Guliston” mahallasi.
Bunga asosiy sabab, Buxoro shahridagi “Kamongar” MFY hududida joylashgan yuqoridagi mahallalar aholisini tabiiy gaz bilan taʼminlagan gaz quvurida avariyali holatni bartaraf etish ishlari bajariladi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘raydi.