O‘zbekiston
Qaysi viloyatlar pensionerlari poyezd chiptalarini 50% chegirma bilan xarid qilishlari mumkin?

Bu haqda batafsil “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi nafaqadagi fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab temir yo‘l transporti yo‘nalishlariga tarif qismidan 50% chegirma bilan chiptalarni endilikda elektron tarzda temir yo‘l chiptaxonalariga bormasdan turib, https://chipta.railway.uz sayti orqali xarid qilishlari mumkin.
Bunda chipta xarid qilishda shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlarni kiritish vaqtida “Men nafaqadaman” punktini belgilash kifoya.
Eslatma: chegirmali chiptalarni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yashovchi nafaqadagi fuqarolar xarid qilishlari mumkin.