Texnologiyalar
“Apple” tengdir “Apple”ga. iPhone 15 ning USB-C porti oddiy USB-C kabellari bilan ishlamasligi mumkin

Apple ning Yevropa Ittifoqi hududiga mo‘ljallangan yangi avlod iPhone smartfonlarining zaryadlovchi qismi an’anaviy kompaniya uchun hisoblangan “Light” ning emas, balki USB-C porti bilan chiqarilishi kutilmoqda. Biroq, Apple yana Apple ligini “qiladigan” ko‘rinadi. Sababai, iPhone 15 smartfonlari USB-C portiga ega bo‘lishi mumkin-u, lekin ular keng tarqalgan oddiy USB-C kabellari bilan ishlamasligi mumkin :=)
Xitoyning Weibo tarmog‘idagi muhokamalargada aytilishicha, iPhone 15 smartfonlarinining USB-C porti Apple ular uchun eksklyuziv chiqaradigan USB-C kabellarida ishlaydi. Soddaroq qilib aytadigan bo‘lsak, kompaniya o‘zining smartfonlari uchun maxsus USB-C zaryadlovchi kabel variantini chiqaradi. Bunda Apple ning USB-C kabeli “Light” da bo‘lgani kabi integratsiyalashgan sxema chiplari bilan jihozlanadi. Bunday chiplar esa sertifikatlangan bo‘ladi va kabel ulanishida ishtirok etadigan qismlarning haqiqiyligini tasdiqlaydi.
Shuni ham aytish kerakki iPhone 15 smartfonlari portlari begona USB-C kabellari bilan quvvatlantirib bo‘lmaydi degani emas. Bunda faqat sertifikatlanmagan kabellar iPhone larning tezkor quvvatlanishi va ma’lumotlar uzatilishi cheklanishi kutilmoqda.
Bu bilan Apple foydalanuvchilar iPhone uchun USB-C kabellarni faqat uning o‘zidan sotib olishini ta’minlab, kompaniyaga soxta aksessuarlarga qarshi kurashish uchun imkoniyat beradi.