Buxoro yangiliklari

Buxoroliklar bokschilar Rossiyada o‘tkaziladigan Afg‘on urushi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnirda qatnashishadi

Kuni kecha respublikamizning yosh bokschilari Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasidagi Komsomolsk-na-Amure shahridagi an’anaviy turnirga jo‘nab ketishdi. Buxoro viloyati yoshlar siyosati va sport boshqarmasining xabar berishicha, jamoa tarkibida buxorolik bokschilar hamda murabbiylar ham bor.

Xabar berilishicha, 2023-yilning 12-fevraldan 19-fevral kuniga qadar Rossiya Federatsiyasi, Xabarovsk o‘lkasi, Komsomolsk-na-Amure shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi xalqaro turnir tashkil etiladi.

Afg‘on urushi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan mazkur musobaqada o‘zbekistonlik yosh charm qo‘lqop ustalari ham ishtirok etishadi.

Quvonarlisi, albatta, shundaki, Buxoro boks maktabining 3 nafar vakili Murodbek Bahriddinov, Asadbek Rajabov va Ravshan Soliyevlar yoshlar terma jamoasi tarkibida yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Shuningdek, buxorolik Nodir G‘ulomov va Jamshid Kamolovlar ham murabbiylar shtabidan o‘rin olishgan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version