Buxoro yangiliklari
Kecha, 11-fevral kuni kechqurun eski shaharda “Volga” yonib ketdi

Kecha, 11-fevral kuni kechqurun Telegramdagi “Podslushano v Buxare | PvBux” kanalida Buxoroning eski shahar qismida ”Volga” rusumli avtomobil yonib ketgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat FVB holat yuzasidan rasmiy axborot berdi.
Qayd etilishicha, kecha soat 21:47 larda viloyat FVB ga Buxoro shahrining “Koʻkaldosh” MFY, Gulshan koʻchasi hududidagi yoʻl yoqasida, kulrang 80 | G 317 GA davlat raqamli GAZ-31105 rusumli (Volga) yеngil avtomobilda kelib chiqqan yongʻin toʻgʻrisida xabar kеlib tushgan. Yongʻin-qutqaruv otryadi voqеa joyiga 21:54 da yеtib borib, yongʻin 22:04 da oʻchirilgan.
Aniqlanishicha, mazkur avtotransport vositasi 2008-yilda ishlab chiqarilgan boʻlib, yongʻindan uning old kopot va motor qismi yongan.
“Yongʻinning taxminiy sababi – elеktr simlarining qisqa tutashuvi. Uning oqibatidagi zarari miqdori aniqlanmoqda”, – deyiladi viloyat FVB xabarida.
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Mirjon Fayzullayevning bildirishicha, voqea joyiga viloyat FVB TBM tezkor xodimlari bilan birga shahar FVB inspеktori, kapitan J. Qalandarov ham borgan boʻlib, jami 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji jalb etilgan. Shuningdek, yongʻin oʻchirish qismidan yongʻin sodir boʻlgan manzilgacha masofa taxminan 5 km ni tashkil etadi.