Jahon

Qozog‘istonda o‘zbekistonlik erkak otishma uyushtirdi – video

Videodan kadr

Bugun, 20-fevral kuni Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahrida politsiya qurol do‘koniga hujum qilgan erkakni qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda Qozog‘iston IIV.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 20-fevral kuni soat 14:40 atrofida Chimkent shahridagi Ilyayev va Riskulbekov ko‘chalari chorrahasida joylashgan qurol do‘konida otishma bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Qayd etilishicha, noma’lum erkak va qo‘riqlash agentligi xodimlari o‘rtasida otishma yuz bergan. Buning oqibatida qo‘riqchilardan bir nafari jarohatlangan. Shundan so‘ng, voqea joyiga yetib kelgan patrul politsiyasi va harbiylashtirilgan maxsus guruhi zobitlari qurollangan erkakni qo‘lga olgan.

Ushbu erkak O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqqan, metropolda ijaraga olingan xonadonda yashaydi. Undan arralangan ov miltig‘i va o‘g‘irlangan “Sayg‘oq” markali kichik miltig‘i olingan.

Hozirda voqea joyida tergov guruhi ishl olib bormoqda. Yakuni bo‘yicha hodisaning barcha holatlariga oydinlik kiritilishi kutilmoqda.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version