Jahon

Germaniyadagi fermada 6 oyoqli qo‘zichoq tug‘ildi

Foto: All News Press

Germaniyada kam uchraydigan mutatsiya tufayli, olti oyoqli qo‘zichoq dunyoga keldi. Germaniyalik fermer Brend Tinter qo‘zichoqni davolashini ma’lum qildi.

U jonivor sog‘lom tug‘ilgani, biroq qo‘shimcha 2 ta oyog‘i bo‘lgani uchun o‘rnidan turib ovqatlanishi qiyin bo‘layotganini aytdi. Fermerning aytishicha, qoʻzichoqning yashashga intilayotganini koʻrib, uni davolamoqchiligini aytgan.

Qo‘zichoqni o‘rnidan turishiga yordam berish uchun Tinter uning bir oyog‘ini bandaj bilan bog‘lagan. Uning fikricha, bir necha haftadan so‘ng, jonivor poda bilan yaylovga chiqishi mumkin.

“U boshidanoq yashashni juda xohladi, shuning uchun uning o‘sishiga imkoniyat beramiz”, — deydi Brend Tinter.

Unga qoʻshni Whitehouse fermasi egasi Xizer Xogarti so‘nggi 25 yil ichida bu hodisaning ikkinchi marta guvohi bo‘lganini aytdi. Xuddi shunday hodisa 2022-yilning mart oyida kuzatilgandi, jumladan, Angliyadagi fermada 5 oyoqli qo‘zichoq dunyoga kelgandi. Oʻshanda uni uxlatib qoʻyishgan ekan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version