Islom

Jannatga tushgan har bir erkakning 80 000 ta xizmatchisi va 72 ta xotini bo‘ladi

Foto: “Baxchisaroy fontani” asari, Karl Brulov, 1849-yil

Ibn Umardan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Jannat ahlining eng quyi darajadagisi bog‘lari-yu ne’matlari, xizmatchilari-yu so‘rilariga ming yillik masofadan qaraydi. Jannat ahlining Allohga eng mukarrami Alloh taoloning yuziga ertayu kech tikiladi”, – dedilar, so‘ng: “U kunda (mo‘minlarning) yuzlari yashnab, Parvardigorlariga boqib turguvchidir!”. (Qiyomat surasi, 22-oyat).

Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Jannat ahlining eng quyi manzildagisining sakson ming xizmatchisi va yetmish ikkita xotini bo‘ladi. Va uning uchun Jobiya bilan San’oning oralig‘ichalik dur, zabarjad va yoqutdan bo‘lgan qubba tiklanadi” (Ibn Muborak rivoyati).

Mujohid aytadi: “Jannat ahlining eng quyi manzilidagi kishi o‘z mulkini ming yilda aylanib chiqadi, uning chetini oldini ko‘rib turgandek ko‘rib turadi. Jannatning eng yuqorisidagi kishi Parvardigorga ertayu kech qaraydi”.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version