Buxoro yangiliklari

Bugun, 23-fevral kuni Tojikistonda sodir boʻlgan zilzila Buxoroda ham sezildi

Foto: Yandex Maps

Tojikiston hududida yuz bergan zilzila O‘zbekistonning vodiy viloyatlarida 4 ballgacha, qolgan viloyatlarda 3 ballgacha sezildi.

Buxoro viloyatida mazkur yer qimirlash 3 ballni tashkil qildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining aniqlik kiritishicha, bugun, 23-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 05:37 da Тojikistonda zilzila sodir boʻldi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 435 km janubiy-sharqda.

Uning Oʻzbekistonda sezilish kuchi qolgan viloyatlarda – Fargʻonada 4 ball, Andijonda 4 ball, Namanganda 4 ball, Sirdaryoda 3-4 ball, Toshkent shahrida 3-4 ball, Jizzaxda 3-4 ball, Surxondaryoda 3 ball, Samarqandda 3 ball, Qashqadaryoda 3 ball, Navoiyda 3 ballni tashkil etdi.

Biroz oʻtib, qoʻshni respublikada yana 5 ta xuddi shunday zilzila qayd etildi.

Jumladan, Toshkent vaqti bilan soat 05:55, 06:06, 06:35, 07:07, 07:18 larda 4 magnitudadan yuqori zilzilalar kuzatildi.Soat 05:43 da qayd etilgan zilzila episentirida zilzila kuchi 5.8 magnitudaga teng bo‘lib, u ham O‘zbekiston hududida ham sezildi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version