Buxoro yangiliklari
Buxoro yoʻllarida yuk avtomobillari harakati vaqti-vaqti bilan cheklanadi

Kecha, 22-fevral kuni Buxoro viloyati IIB YHXB yo‘l harakati ishtirokchilariga ogohlantirish eʼlon qildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda aytilishicha, yuk tashish xavfsizligi chora-tadbirlarini kuchaytirish, yuk tashishdagi qatʼiy talablarga rioya etilishini taʼminlash maqsadida Buxoro viloyatining xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yoʻllarda harakat cheklanishi mumkin.
Jumladan, A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” hamda M-37 “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” avtomobil yo‘llaridan harakatlanib o‘tayotgan yirik hajmli va og‘ir gabaritli yuklarni tashiyotgan avtotransport vositalari (oʻz yuklarni xavfsiz olib o‘tish) uchun vaqti-vaqti bilan harakat cheklanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib barcha haydovchilardan tartibga soluvchi IIB YHXB xodimlarining ishoralariga qatʼiy rioya etishlarini va yuzaga keladigan noqulayliklarni to‘g‘ri tushunishlarini so‘raladi.