Salomatlik
Mazali va to‘yimli “Chizburger” sho‘rvasi retsepti

Xushbo‘y sabzavot, shirali mol go‘shti va pishloqli bulyon — mazkur mazali va to‘yimli sho‘rvani tayyorlab ko‘ring.
Mahsulotlar:
piyoz — 1 dona;
sabzi — 1 dona;
seldr — 2 ta bog‘;
kartoshka — 4 dona;
qiyma — 250 gr;
saryog‘ — 4 osh qoshiq;
quritilgan petrushka — 1 choy qoshiq;
quritilgan rayhon — 1 choy qoshiq;
tovuqli bulyon — 720 ml;
un — 2 osh qoshiq;
suyuq pishloq — 240 gr;
sut — 360 ml;
qatiq — 60 gr;
suxariklar;
murch;
tuz.
Tayyorlanishi: Piyozni tozalab, mayda kubiklarga bo‘ling. Sabzini qirg‘ichdan chiqaring yoki mayda kubiklarga bo‘ling. Seldereyni va kartoshkani ham mayda kubiklarga bo‘ling. Qiymani 5-6 daqiqa davomida yog‘ solmasdan qovuring, keyin idishga oling. Tovani olovga qo‘yib, bir osh qoshiq sariyog‘, piyoz, sabzi va selderey soling. Sabzavotlarga petrushka va rayhan qo‘shing, hammasini 5-6 daqiqa qovuring. Bulyonni qozonga quyib, kartoshka va qiyma go‘sht soling. Sho‘rvani 10-15 daqiqa davomida yopiq holda past olovda pishiring. Qolgan sariyog‘ni eritib, un qo‘shing va qizarguncha 3-5 daqiqa davomida aralashtirib qovuring. Kartoshka yumshaganda, sho‘rvaga qovirilgan unni soling, hammasini yaxshilab aralashtirib, 2-3 daqiqa davomida pishiring. Sho‘rvaga pishloq, sut, tuz va murch qo‘shing, pishloq eriguncha yana 2-3 daqiqa pishiring. Sho‘rvani olovdan olib, smetana qo‘shing va yaxshilab aralashtiring. Ta’bga ko‘ra maydalangan pishloq va qotgan non soling. Yoqimli ishtaha!
Manba: “Daryo” nashri.