Buxoro yangiliklari
Qorakoʻldagi tibbiyot muassasalariga quyosh panellari o‘rnatildi

Ushbu kunlarda tumanimizdagi korxona va tashkilotlar, shuningdek, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi, muqobil energiya manbalaridan, xususan, quyosh energiyasidan samarali foydalanish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Hozirga qadar Qoʻrakoʻl tumanidagi tashkilot va muassasalar binolaridagi quyosh panellari soni 26 ta, ehtiyojmand aholi xonadonlariga o‘rnatib berilganlari esa 39 taga yetkazildi.
Kuni kecha Qorako‘l tumani tibbiyot birlashmasi binosiga soatiga 14 kVt elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 25 dona quyosh paneli o‘rnatildi.
Bundan tashqari tuman hokimligidan olingan maʼlumotlarga koʻra, markazdan birmuncha olis hududlarda joylashgan 51-, 52-, 53-OP lar, Do‘rman, Buxoro, Vahim, Mirob, Yangi turmush OSHP lar hamda Sho‘rabot va Darg‘abog‘i mahalla tibbiyot punktlariga ham soatiga 5 kVt elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan quyosh paneli o‘rnatib berildi.