Buxoro yangiliklari
III xalqaro “Naqshbandiya” turizm festivali ishtirokchilari Buxoroga kelishdi

Ushbu turizm festivalida Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Hindiston, Suriya, Fransiya, Shveystariya, Portugaliya, Rossiya, Bangladesh va boshqa davlatlardan 100 dan ortiq dunyoga mashhur olimlar, din, fan va jamoat arboblari, shuningdek, turizm sohasi vakillari ishtirok etmoqda.
Bugun, 25-fevral kuni festival ishtirokchilari Buxoroning qadimiy yodgorliklari bo‘ylab sayohat qilishadi. Jumladan, Poyi Kalon, Mir Arab madrasasi, Labi Hovuz, Ark qo‘rg‘oni, Sayfiddin Boxarziy va Abu Hafs Kabir ziyoratgohlarida bo‘lishadi.
Mazkur festivalni o‘tkazishdan asosiy maqsad, buyuk o‘zbek mutafakkirlarining islom dini va jahon sivilizasiyasi rivojidagi xizmatlariga hurmat bajo keltirish, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilish va Ziyorat turizmiga oid yodgorliklar bilan tanishishdan iborat.
Festivalning ikkinchi kuni Yetti Pir qadamjolari bo‘ylab ziyorat amallarini bajarishdan iborat bo‘ladi. Shuningdek, mehmonlarning “Naqshbandiya o‘gitlari” konferensiyasiga ham ishtirok etishi ham ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur festival Malayziyadagi “Jahon so‘fiylar markazi” tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda. Unda Indoneziya, Bangladesh, Malayziya, Fransiya, Xitoy va Rossiya kabi davlatlaridan tashrif buyurgan 100 ga yaqin diniy ulamolar ishtirok etmoqda.