Islom
Namozning kaliti – tahorat, Jannatning kaliti – namoz

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: Namozning kaliti – tahorat, jannatning kaliti – namoz” (Abu Dovud rivoyat qilgan).
Muoz ibn Jabalni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Yamanga yuborayotganlarida unga shunday dedilar: “Tez kunlarda ahli kitoblar sendan jannat kaliti haqida so‘raydilar, ularga “Laa ilaha illalloh”, – deb guvohlik bermoq, degin” (Bayhaqiy rivoyat qilgan).
“Sahihul Buxoriy” da kelishicha, Vahb ibn Munabbihga: “Jannatning kaliti “Laa ilaha illalloh” emasmi?” deyildi. Vahb: “Shundoq, lekin har qanday kalitning tishlari bo‘ladi. Agar kalit tishli bo‘lsa, eshik ochiladi, tishi bo‘lmasa, ochilmaydi”, – dedi.
Jannat eshigiga 3 qator so‘z yozilgan. Ulardan biri: “Nima amal qilgan bo‘lsak, topdik. Bergan bo‘lsak, foyda oldik. Nimaiki olib qolgan bo‘lsak, zarar qildik”.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.