Mashhurlar
“Ulush berasan, bo‘lmasa otaman” deb qoʻrqitishgan – Yulduz Usmonova

Xorijlik mashhur kishilarga uyushtirilgan suiqasdlar haqida ko‘p eshitamiz. Afsuski, ayrim o‘zbek sanʼatkorlari ham bunday ko‘ngilsiz vaziyatga tushishgan. Yaxshi hamki, g‘araz niyatdagi insonlar maqsadida yetolmagan va qonun oldida javob berishgan. Bu haqda “Daryo” nashri muxbirlari yozishdi.
— To‘ylarda pichoq tiragan, pistolet o‘qtalgan paytlari juda ko‘p. Hatto, “Xalqlar do‘stligi” sanʼat saroyida konsert beradigan kunim kelib, “Ulush berasan, bo‘lmasa otaman”, deb ham qo‘rqitishgan. Ularga “Yo‘q bermayman”, deb bo‘lmasdi. “Xo‘p, boshlig‘ing kim, uchrashtir”, derdim. Osonlikcha taslim bo‘lmasdim. U paytda mushtumzo‘rlar juda ko‘p edi, — deydi xonanda Yulduz Usmonova.
Yulduz Usmonovaning qoʻshimcha qilishicha, u paytlar juda qoidasiz, qiyin vaqtlar boʻlgan va bir necha bor uni kislota ichiga tashlash bilan qoʻrqitishgan.