Texnologiyalar

Yangi Apple Watch: tasma rangi endi bevosita soatdan oʻzgartiriladi

Foto: iLounge

Apple kompaniyasi tasma rangini oʻzgartirish imkonini beruvchi yangi Apple Watch aqlli qoʻl soatlari konsepsiyasini ishlab chiqdi. Endi qurilma foydalanuvchilari tasmani yangisiga oʻzgartirishga ehtiyoj sezishmaydi.

Gap shundaki, kompaniya elektroxrom xususiyatlari bilan jihozlangan tasma rangini oʻzgartiruvchi ixtirosi qilob, bu uchun patent ham olishga ulgurgan.

Yangi Apple Watch tasmasi elektroxom funksiyasini oʻz ichiga olgan iplar bilan toʻqilgan matodan tayyorlanadi. Bir yoki bir nechta bunday iplar ularga yuboriladigan kuchlanishga javoban rangini oʻzgartiradigan oʻtkazgichga ega boʻladi. Shu sabab, rangni soatni oʻzidan oʻzgartirish mumkin boʻladi.

Insayderlarning xabar berishicha, patent 4 ta ixtirochiga tegishli boʻlib, ular Aplle ning yangi “HomePod kolonkalari” uchun sensorli mato yaratish ustida ham ishlashgan.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version