Buxoro yangiliklari

Jiu-Jitsu boʻyicha Buxoro viloyati chempionati oʻtkazildi

Foto: Buxoro viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi

Joriy yilning 24- va 25-fevral kunlari Buxoro Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida Jiu-jitsu bo‘yicha o‘smir yigit va qizlar o‘rtasida Buxoro viloyat chempionati bo‘lib o‘tdi.

Unda Buxoro va Kogon shaharlari hamda Buxoro, Kogon, Vobkent, Gʻijduvon, Romitan, Peshkoʻ, Jondor va Qorako‘l tumanlaridan 200 nafardan ortiq yosh sportchilar qatnashishdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqada umumjamoa hisobida Buxoro shahri 1-o‘rinni, Vobkent tumani 2-o‘rinni, Kogon tumani 3-o‘rinlarni egallashdi.

Gʻolib va sovrindorlar 17-, 18-, 19-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston chempionati musobaqasida viloyatimiz sharafini himoya qilishadi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version