Jahon
“G‘arb Rossiyani yo‘q qilmoqchi” — Vladimir Putin

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 21 fevral kuni Federal majlisga yo‘llagan murojaatida koʻpgina “G‘arb davlatlari” birlashib, Rossiyani yo‘q qilish niyatida ekanligini aytdi.
“– Ularning bitta maqsadi bor: sobiq Ittifoq va uning asosiy qismi — Rossiya Federatsiyasini ”yer yuzidan oʻchirib yuborish”. Agar biz shu yo‘ldan borsak, menimcha, Rossiyadagi ko‘plab xalqlarning, birinchi navbatda, rus xalqining taqdiri keskin o‘zgarishi mumkin”, — dedi Vladimir Putin.
Davlat rahbari shuningdek, o‘zi aytgan gaplarga hujjatlashtirilgan dalillar borligini bildirdi.
Bundan tashqari, u agarda G‘arb davlatlari Ukrainani uzoq masofaga uchuvchi qurollar bilan taʼminlasa, urush yanada kengayishi haqida ogohlantirdi.