Buxoro yangiliklari
Buxoro shahridagi 1-sonli oilaviy poliklinika hamshiralarini IIB qo‘lga oldi

Kuni kecha Buxoro shahridagi 1-sonli oilaviy poliklinika xodimlari jinoyat ustida qo‘lga tushishdi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB xabar qilmoqda.
Aniqlanishicha, mazkur poliklinika katta hamshirasi va oddiy hamshira bir ayolni tanishlari orqali ushbu tibbiyot muassasasiga hamshira vazifasiga ishga kiritish evaziga 4 000 000 so‘m talab qilishgan.
Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi e’lon qilgan xabarga ko‘ra, 2023-yilning 24-fevral kuni huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda yuqoridagi ikki nafar shaxs talab qilingan 4 000 000 so‘m pulni olgan vaqtlari ushlangan.
Ayni damda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi, 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.