Buxoro yangiliklari
Buxorolik firibgar o‘ziga tegishli bo‘lmagan do‘konni $35 000 ga pullamoqchi bo‘ldi

Buxoro shahrida tadbirkorning savdo do‘konini sotmoqchi bo‘lgan firibgar aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan K. A. shahar hududidagi Sadriddin Ayniy ko‘chasida joylashgan tadbirkor R. F. ning savdo do‘konini fuqaro A. J. ga go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, ushbu do‘konni $35 000 ga firibgarlik yo‘li bilan sotishga kelishib, shundan $18 000 ni qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Ayni damda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.