Jahon

Arxeologlar Xeops piramidasida yashirin tunnel topishdi

Foto: Misr qadimiy yodgorliklar vazirligi

Arxeologlar Gizaning Buyuk piramidasida (Xeops piramidasi) maxfiy tunnel topilgani haqida xabar berishdi.

Shunisi ahamiyatliki, ushbu piramida miloddan avvalgi XXVI asrda qurilgan bo‘lib, bir necha ming yillar davomida dunyodagi eng baland sun’iy inshoot bo‘lib kelgan.

Hozircha piramida ichidagi 3 ta xona haqida ma’lumot bor. Bular, tugallanmay o‘yilgan xona, Qirolicha va Qirol xonalari.

Endi ularga 9 metr uzunlikdagi tunnel qo‘shildi. Kashfiyot infraqizil termografiya, fotogrammetriya va rekonstruksiya dasturlari bo‘yicha eng so‘nggi ilmiy uskunalar yordamida skanerlash orqali amalga oshirildi. Tunnel, ehtimol, piramidaning og‘irligini kamaytirish uchun qurilgan.

Shuningdek, olimlar shunga o‘xshash inshootlarni binoning boshqa qismlarida ham bo‘lishi mumkinligini aytishgan.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version