Buxoro yangiliklari
Karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston kubogida buxoroliklar faxrli o‘rinlarni egallashdi

Kuni kecha poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida karatening WKF yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi boshlandi. Barcha yosh toifasida kechayotgan musobaqada Respublikamizning har bir hududidan tashrif buyurgan 1 100 nafardan ziyod yigit-qizlar qatnashmoqda.
Buxoro viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasining xabar berishicha, kata va kumite dasturida oʻtkazilayotgan turnir bugun, 4-martga qadar davom etadi.
Mazkur yoʻnalishlar boʻyicha munosib ishtirok etgan Buxoro terma jamoasi sportchilari ham saralangan sportchilar orasida oʻz iqtidorlarini namoyish etib, umumjamoa hisobida erkaklar jamoasi (18 yosh toifasida) oʻrtasida kumite yoʻnalishida Buxoro viloyat karate terma jamoasi faxrli 1- oʻrinni, ayollar jamoasi (18+ yosh toifasida) kumite bahslarida faxrli 3-oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi.