Buxoro yangiliklari

Bugun, 5-mart kuni Buxoroda marafon oʻtkazildi

Foto: Buxoro IIB

Bugun, 5-mart kuni erta tongdan boshlab Respublikamizning barcha hududlarida, shu jumladan Buxoro shahrida ham o‘tkazilayotgan “Xavfsiz hayot uchun” shiori ostidagi velosport hamda tez yurish marafoni “Sitora” istirohat bogʻidan strat oldi.

Qqyd etish kerakki, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan mazkur marafonda koʻp sonli buxoroliklar qatnashishdi.

Ark qoʻrgʻoni olididagi maydonda oʻz nihoyasiga yetgan tadbir soʻngida marafonda faol qatnashgan ishtirokchilar taqdirlanishdi.

Maʼlumot uchun, fuqarolar hamda yoʻl harakati ishtirokchilarining xavfsizligini taminlash maqsadida Buxoro shahar hokimining farmoyishiga asosan, Islom Karimov va Ibn Sino ko‘chalari kesishmasidan “Ark” qo‘rg‘onigacha hamda Abu Hafs Kabir ko‘chasidan Xo‘ja Nurobod ko‘chasi tugash joyigacha yo‘lning har ikkala tomonigacha bo‘lgan hududlarda soat 07:00 dan 09:00 gacha transport vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik cheklangan edi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version