Buxoro yangiliklari
Buxoro markaziy bozori roʻparasidagi yoʻlda qoidabuzarliklarni aniqlovchi kamera oʻrnatildi

Buxoro shahridagi Markaziy bozor ro‘parasida yo‘lning qatnov qismida tirbandlikni oldini olish maqsadida qoidabuzarliklarni aniqlovchi kuzatuv kamerasi o‘rnatildi.
Buxoro viloyati IIB ning izoh berishicha, mazkur kuzatuv kamerasi asosan «To‘xtash taqiqlangan» va «To‘xtab turish taqiqlangan» qoidabuzarliklarini avtomatik hisobga oladi va haydovchilarga tegishli tartibda jarima yoziladi.
«To‘xtash taqiqlangan»
Transport vositalarining to‘xtashi va to‘xtab turishi taqiqlanadi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).
«To‘xtab turish taqiqlangan»
Transport vositalarining to‘xtab turishi taqiqlanadi (xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari bundan mustasno).