Buxoro yangiliklari

Buxorolik para dzyudochilar Misrga yoʻl olishdi

Foto: Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Joriy yilning 13- va 14-mart kunlari Misr davlatining Burj Al Arab shahrida para dzyudo bo‘yicha xalqaro Gran-pri turniri bo‘lib o‘tadi.

Kecha, 9-mart kuni O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ushbu nufuzli musobaqada ishtirok etish uchun Misrga yo‘l olishdi.

Buxoro viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasining bizga xabar berishicha, mazkur turnirda buxorolik sportchilarimiz ham ishtirok etishadi.

Azamat yigitlarimizga tahririyatimiz nomidan omad va zafarlar tilab qolamiz!

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version