Buxoro yangiliklari
Buxoro shahri markaziy ko‘chalari ma’lum muddatga yopilmoqda

Bugun, 28-mart kuni soat 10:00 dan boshlab Buxoro shahrining Alpomish, Abdurahmon Jomiy va Abdulaziz Somiy ko‘chalarida mavjud umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridagi yo‘l yotiq chiziqlarini chizish, bo‘yash va ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Shu sababli keng jamoatchilikni tug‘ilishi mumkin bo‘lgan noqulaylikdan ogoh qilib, ushbu ko‘chalarni kesib o‘tuvchi yo‘llarning vaqti vaqti bilan yopilishini ma’lum qilamiz.
Yo‘l harakati ishtirokchilaridan vaziyatga to‘g‘ri baho bergan holda tartibga soluvchining ishoralariga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qolamiz.