Jahon

Olimlar Oyda “suv ombori” topishdi

Foto: Rare gallery

Xitoy Fanlar akademiyasining Geologiya va geofizika instituti professori Sen Xu boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi “Change 5” missiyasi davomida olingan oy tuprog‘i namunalaridagi shisha zarralarida suv borligini aniqladi. Bu haqda “SciTechDaily” nashri xabar bermoqda.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ushbu shisha zarralari Oy yuzasidagi suv aylanishida ishtirok etgan yangi suv rezervuarini ifodalashi mumkin.

Ular aslida quyosh shamoli natijasida kelib chiqqan suvning kirishi va chiqishi uchun “bufer” vazifasini bajaradi. Tarkibida suv miqdori 2000 mkg -1 gacha bo‘lgan shisha zarralar quyosh shamolidan kelib chiqqan deb ishoniladi.

Ta’kidlanishicha, ushbu kashfiyot kelajakda Oyni tadqiq qilish missiyalari uchun juda muhim yangilikdir. Sababi, uning yuzasidagi suv resurslarni qayta ishlash uchun ishlatilishi mumkin.

Oy yuzasida olib borilgan bundan oldingi ko‘plab missiyalar Oyda suv yoki suv muzining mavjudligini tasdiqlagan.

Qayd etilishicha, Oy yuzasining ko‘p qismida suv borligiga shubha yo‘q, ammo uning miqdori Yerdagidan ancha kam. Oydagi yer usti suvlari kunlik “sikl” ni ko‘rsatadi, bu Oy yuzasida suvni ushlab turish, chiqarish va to‘ldirishni ta’minlash uchun oy tuproqlarida chuqurlikda gidratlangan qatlam yoki rezervuar bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version