Buxoro yangiliklari
Ertaga, 30-mart kuni Buxoro shahrida katta konsert dasturi bo‘lib o‘tadi

Madaniyat va turizm vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizning barcha hududlarida el sevgan san’atkorlar bilan “Yulduzli madaniyat karvoni” loyihasi doirasida katta konsert dasturlari tashkil etilmoqda. Xuddi shunday konsert dasturi Buxoroda ham o‘tkaziladi.
Joriy yilning 30-mart kuni soat 18:00 da Buxoro shahridagi Yoshlar markazi binosi yonida.
Shuningdek, konsert davomida turli viktorinalar ham o‘tkaziladi, g‘oliblar esa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Tadbirga kirish – bepul.