Maşhurlar

Shifokorlar qizimni “bo‘lmaydi” deyishgandi — Aziza Yoqubova

Foto: Instagram (@aziza_yoqubova)

Farzandning salomatligi ota-ona uchun baxt. Jigargo‘shasi kasallikka chalinganida ota-ona o‘zini qo‘yarga joy topa olmaydi, qanday qilib bo‘lmasin farzandi salomatligini tiklashga urinadi. O‘zbekistonlik san’atkorlar orasida farzandi jiddiy kasallikka chalinganlari talaygina. Xuddi shunday vaziyatga tushgan aktrisa Aziza Yoqubova xotiralarini “Daryo” nashri keltirmoqda.

— Hayotimdagi eng sinovli kunlar qizim Yasminaning chaqaloqlik paytlari bilan bog‘liq. Allohim hech bir ayolni farzandi bilan sinamasin ekan. O‘shanda qizim 2 oylik chaqaloq edi. Og‘ziga yara chiqib, ovqat yeyolmay qolgan. Ikki oy kasalxonada davolanganmiz, ammo natija bo‘lmagan. Og‘riqning zo‘ridan sut ham icholmasdi. Immuniteti tushib, pnevmoniyaga ham chalinganidan keyin ayrim shifokorlar “bo‘lmaydi” ham deyishgandi. Ruhiy tushkunlikka tushib o‘tirsam, shifokor ayollardan biri og‘ir ahvoldagi chaqaloqlar davolanadigan bo‘limga olib chiqib, “Bu bolalar 20-30 kundan beri komada, ularning onasi sizdek yig‘lab umidini uzgani yo‘q”, deb tanbeh bergandi. Uning gaplari ta’sir qilib, qizimning og‘zidan tomchilab sut ichirganman. Afsuski o‘sha paytda meni hech kim tushunmagan, yolg‘izlanib qolganman. Farzandim o‘lib qolsa nima qilaman deb qo‘rqandim. Allohga shukrki, qizim sog‘ayib ketdi. Hozir eng yaqin ko‘makchimga aylangan, — deydi aktrisa Aziza Yoqubova.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version