Jahon

2035-yildan benzinda ishlaydigan avtomobillar chiqarish taqiqlandi

Foto: Homefront Electrical Fire & Security Ltd.

Joriy yilning 28-mart kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi (YI) vazirlar kengashi tomonidan bir necha haftalik maslahatlashuvlar natijasida 2035-yildan boshlab YI da benzin yoki dizel yonilg‘isi bilan to‘ldiriladigan yangi avtomobillarni ishlab chiqarish va ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlovchi qaror imzolandi.

Qayd etish kerak-ki, Germaniya so‘nggi vaqtgacha ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortayotgan edi. Lekin keyin unga qo‘shildi. Shu bilan birga, Berlin neytral uglerodli sintetik yonilg‘ida ishlaydigan avtomobillar uchun istisno kiritilishiga erishgan. bunday ichki yonuv dvigatelli transport vositalarini keyin ham ro‘yxatga olish mumkin bo‘ladi.

“– Ushbu kelishuv zararli chiqindilardan holi mobil harakatlanish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi”, – dedi Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti Frans Timmermans.

Shuningdek, Yevropa avtomobil ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi vakillari ham ushbu kelishuvni olqishlab chiqishdi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version