Islom

Saharlikda tahoratsiz ro‘zani niyat qilsa bo‘ladimi?

Foto: Twitter (@sooskk77)

Savol: Saharlikda tahoratsiz ro‘zani niyat qilsa bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Albatta, saharlikda tahoratsiz bo‘lsada ro‘zani niyat qilish mumkin. Niyat durust bo‘lishi uchun tahorat shart qilinmaydi. Tahorat – namoz o‘qish va Qur’oni karimni ushlash kabi ibodatlarda shart bo‘ladi. Hatto, junub kishi badanidan najosatni ketkazib, qo‘l-betini yuvib, og‘iz burnini chayib, saharlik qilishi va ro‘zani niyat qilishi joiz. Tabiiyki, og‘iz yopgandan keyin g‘usl qilib oladi. Vallohu a’lam.

Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version