Buxoro yangiliklari
Buxorodagi harbiy qismda ochiq osmon ostida film namoyish etildi

Bu haqda Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xabar qimoqda.
Xususan, kuni kecha Buxoro viloyatidagi harbiy qismda muddatli xizmatni oʻtayotgan safdorlar uchun ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida vatanparvarlikka yo‘g‘rilgan maxsus kinofilm premyerasi oʻtkazildi.
Namoyish etilgan badiiy film yoshlarning harbiy xizmatga moslashuv jarayonini samarali tashkil etish uchun ham ahamiyatli boʻldi.
Xizmatchilar film tomoshasidan soʻng oʻzlarining fikr-mulohazalarini ham bildirib oʻtishdi