Buxoro yangiliklari

Buxoro tumanida 200 kishilik iftorlik dasturxoni yozildi

Foto: Buxoro tumani hokimligi

Kuni kecha Bugun tumanidagi “Qariyalar choyxonasi” da “Gala Osiyo” mahallasi vakillari uchun 200 kishilik iftorlik dasturxoni yozildi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Hokimlik va “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan yozilgan iftor dasturxoni atrofida asosan mahallada istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oila a’zolari, faol xotin-qizlar va nuroniy oqsoqollar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida mahalla imomi Qur’on tilovat qilib, savobini olamdan o‘tganlar xotirasiga bag‘ishladi, yurtga tinchlik, elga xotirjamlik tilab duolar qilindi.

Ma’lumot uchun, bunday iftorliklar Buxoro tumanidagi barcha – 36 ta mahallada tashkil etish rejalashtirilgan.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version