Buxoro yangiliklari
Bugun Buxoro shahrida yangi bog‘cha ochildi

Buxoro shahridagi “Shayxuolam” mahalla fuqarolar yigʼini hududida joylashgan 72-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Tantanali marosimda Buxoro shahri hokimi, mahalla faollari hamda tashkilot xodimlari ishtirok etdi.
Inqirozga qarshi kurashish jamgʼarmasi hisobidan 3,4 mlrd soʼm mablagʼ evaziga “Gala Osiyo Soxtimon” XK tomonidan qurilgan.
Maktabgacha taʼlim tashkiloti oʼyin maydonchalari, oshxona, musiqa va sport zallari zamonaviy jihozlandi.
— Maktabgacha taʼlim tashkilotimiz 150 oʼringa moʼljallangan, — deydi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori Mamlakat Аbdullaeva. Maktabgacha taʼlim tashkilotimizda oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli, xavfsiz va sanitariya-gigiena talablariga toʼliq rioya qilingan holda tayyorlanishiga jiddiy eʼtibor qaratiladi.
Foto: Buxoro shahar hokimligi Matbuot xizmati