Buxoro yangiliklari
Jondor tumanidagi Xosakar qishlog‘i aholisi uchun yangi ko‘prik qurildi

Bir necha kun oldin “Romitan tuman yo‘llardan foydalanish” UK tomonidan Jondor tumanidagi “Qozikent” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Xosakor qishlog‘idagi ko‘prik ishlari yakunlandi. Bu haqda Buxoro viloyati avtomobil yo‘llari boshqarmasi xabar qilmoqda.
Mazkur ko‘prik endilikda shu hududda istiqomat qiladigan aholiga qulayliklar yaratib, uzog‘ini yaqin qilishi bilan ahamiyatlidir.