Jahon

Buxorolik o‘qituvchi AQSh dagi universitetda o‘zbek ayoli timsolida sahnaga chiqdi

Foto: Buxoro davlat universiteti matbuot xizmati

Buxoro davlat universitetining Xorijiy tillar fakultetining “Ingliz tilshunosligi” kafedrasi o‘qituvchisi M. Fayziyeva AQSh ning “Faculty Enrichment Program” (FEP) dasturi bo‘yicha 2023-yil bahorgi anketalar qabuli natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan bo‘lib, ayni damda mazkur mamlakatda bo‘lib turibdi.

U AQSh ning Arkanzas Universitetida 5 xil fanlardan dars mashg‘ulotlariga bevosita qatnashib, inklyuziv ta’lim o‘tish to‘g‘risida yangiliklar borasida malakasini oshirmoqda.

Pedagog “Center for educational Access” (CEA) dasturining faol a’zosi bo‘lishidan tashqari, turli xil madaniyatlararo muloqotni rivojlantiradigan dasturlarga ham qatnashib kelmoqda. Xususan, Arkanzas universitetning muhim dasturlaridan biri — ICT (International Culture Team) ning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tadbir tashkil etib, O‘zbekiston vakili — o‘zbek ayoli sifatida taqdimot o‘tkazdi.

Taqdimotda o‘zbek ayollarining irodasi va matonati azaldan meros ekanligini, milliy kiyimlar orqali haqiqiy ayol hayosi va ibosini sahna ko‘rinishi orqali aks ettirib, universitet jamosi olqishiga sazovor bo‘ldi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version