Hodisalar
Navoiyda o‘qituvchi bilan janjal sababli, 17 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi

Navoiyda maktabdagi o‘qituvchi bilan janjaldan so‘ng 17 yoshli o‘quvchi qiz o‘z joniga qasd qildi.
U avvaliga bir dona ignani yutib, ketidan ko‘p miqdorda dori ichgan va ayni paytda koma holatiga tushib qolgan.
Aniqlanishicha, Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Langar qo‘rg‘onidagi maktabda o‘qiyotgan, voyaga yetmagan S. A. joriy yilning 7-aprel kuni soat 14:10 larda yashash hovlisida ko‘p miqdorda dori iste’mol qilib, sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli, tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga olib kelingan.
Bemorning ahvoli og‘irlashganligi uchun, u Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy filialining “Jonlantirish” bo‘limiga ko‘chirilgan. Bugungi kunda bemor koma holatida bo‘lib, shifokorlar tomonidan unga davo muolajalari olib borilmoqda.
Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.