Buxoro yangiliklari

Navro‘z arafasida savdo yarmarkalari

Navro‘z azaldan odamlar ko‘ngliga ezgulik, yaxshilik, shodlik va quvonch olib kiruvchi bayram sifatida qadrlanadi. Markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan savdo yarmarkalariga xarid uchun kelgan aholi ana shunday shodiyonalarga guvoh bo‘ladi.

[metaslider id=1295 cssclass=»»]

Bayramoldi odamlar dasturxonlari to‘kinligini ta’minlash, ularga qulaylik yaratish maqsadida prokuratura departamenti va boshqa mutasaddi idoralar hamkorligida savdo yarmarkalari tashkil etilgan. Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan narxlarning sun’iy ravishda oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tegishli tarzda kunlik nazorat olib borilmoqda. Savdo yarmarkalarida aholiga 27 turdagi oziq–ovqat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari tortiq etildi.
Elda Navro‘z shukuhi. Bahorning ilikuzdi kunlarida bozorlarning sarxil mevalaridan tortib, ko‘klam taomlarigacha to‘kin bo‘lishi va sifatli mahsulotlarni xaridorlarga yetkazilishida bu kabi savdo yarmarkalari elga beminnat xizmat ko‘rsatadigan maskan sifatida ahamiyatlidir.

Foto: Buxoro viloyati prokuraturasi

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version