Buxoro yangiliklari
Buxoroda oilaviy sayohat davomida bola yo‘qolib qoldi

Buxoroda xavfsiz sayyohlik muhiti taʼminlanmoqda, – deya xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati.
Gap shundaki, kuni kecha Buxoro shahrining qadimiy oybektlari bo‘ylab sayohat qilayotgan oila o‘z farzandini yo‘qotib qo‘yadi. Biroz e’tiborsizlik esa qayg‘uli oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin edi.
Oila boshlig‘i esa vaqt yo‘qotmasdan zudlik bilab viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlariga murojaat qiladi.
Mazkur holat tezkor ravishda o‘rganilib, olib borilgan tezkor choralar natijasida 4 yoshli Abduhakim Ark qo‘rg‘oni oldidan topilib, ota-onasiga topshirildi va bu borada ehtiyotkorlikni oshirishga doir tegishli tushuntirishlar berildi.